J
Xorazm Jadidlari Merosi

JADID KREATIV TA’LIM PLATFORMA

Xorazm jadidlarining pedagogik qarashlari asosida talabalarning badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirish muhiti

XIX–XX asr Xorazm jadid ma’rifatparvarlarining ta’limga oid ilg‘or g‘oyalari zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan. Ushbu platforma talabalarda badiiy-kreativ tafakkur, mustaqil fikrlash va ijodiy faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

XUSH KELIBSIZ!

Siz “Jadid kreativ ta’lim platforma”ning faol ishtirokchisiga aylandingiz. Ushbu muhitda siz jadidlar merosini chuqur o‘rganish orqali badiiy tafakkuringizni rivojlantirasiz hamda kreativ topshiriqlar orqali bilimlaringizni amaliy faoliyatda namoyon etasiz.

TARIXIY-METODOLOGIK ASOS

Platforma mazmuni Xorazm jadidlarining pedagogik qarashlari, ularning ta’limni modernizatsiya qilishga qaratilgan yondashuvlari hamda milliy-ma’rifiy merosiga tayanadi.

KREATIV RIVOJLANISH MUHITI

Platforma badiiy-kreativlik kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan interaktiv topshiriqlar, muammoli vaziyatlar va innovatsion metodlar asosida qurilgan.

TA’LIMIY INTEGRATSIYA VA AMALIYOT

Platformada ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ta’lim va interaktiv faoliyatlar o‘zaro uzviy bog‘langan holda tashkil etilgan.

Nazariya va amaliyot integratsiyasi

Ushbu jarayonda talabalar mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish va yangi g‘oyalar ishlab chiqish ko‘nikmalarini egallaydi. Platforma har bir foydalanuvchini izlanish, tahlil va yaratuvchanlik jarayoniga faol jalb etadi.